Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv tizimlari takomillashtiriladi
14:55 / 2022-08-03

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyati shahar va tumanlarida ichimlik va oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish (3-bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent viloyatining bir qator shahar va tumanlarida, jumladan, Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlari hamda Chinoz tumani markazida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining ichimlik va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, ushbu hududlarning sanitariya-epidemiologik hamda ekologik holatini yanada yaxshilash yuzasidan bir necha loyihalar amalga oshiriladi.

Ushbu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Osiyo taraqqiyot banki  bilan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 161,0 million AQSH dollari miqdoridagi qarz bitimini imzoladi.

“O‘zsuvta’minot” AJ loyihaning o‘z vaqtida sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini, OTB qarzidan maqsadli va samarali foydalanilishini ta’minlaydigan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Toshkent viloyati hokimligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda loyihaning sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishi va Osiyo taraqqiyot banki qarzi qaytarilishi uchun javobgar hisoblanadi.

                                                                                                                      O‘zA