Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida “Har bir yoshga bir nihol” aksiyasi boshlandi
18:28 / 2023-03-01

Bahor faslining birinchi kunidan boshlab, Toshkent viloyati hududlarini ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish maqsadida “Har bir yoshga bir nihol” aksiyasiga start berildi.

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan boshlangan mazkur sa’y-harakatlarda keng jamoatchilik vakillari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari, faol yoshlar qatnashmoqda. Xususan, Yangiyo‘l tumani 200 nafardan ortiq yigit-qizlari ko‘chat ekish ishlarida faollikni qo‘ldan boy berishmayapti. Bugun kun davomida turli navdagi mevali va manzarali nihollar ekildi. Katta yo‘l yoqasida joylashgan “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga qizg‘in ish ustiga borgan tuman hokimi Ulug‘bek Yalgashev ham yeng shimarib, yoshlar bilan yelkama yelka turib daraxtlar ekdi.  

Zangiota tumani "Bog‘zor" mahallasi hududidagi “Sadoqat bog‘i” maydonida ham ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. Maydon bo‘ylab 150 tupdan ortiq yangi nihollar ekildi. Aksiya doirasida ko‘chat ekish va uni parvarishlash, bog‘ tashkil qilishdagi muhim jihatlar, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish yuzasidan ham ma’lumotlar berildi. Shuningdek, amaliy ishlarning doimiy nazoratini olib borish, ishni to‘g‘ri tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar faoliyat olib borgan nuroniylarning tajriba va tavsiyalariga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan fikr almashildi.  

Aksiya boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

A.Musayev, O‘zA.