Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida ham “Turizm qishlog‘i” paydo bo‘ladi
15:57 / 2019-06-21

Istiqbolli turistik mintaqa hisoblangan Parkent tumanidagi Kumushkon, Zarkent, So‘qoq hududlari mamlakatimiz turizm bozorida o‘zining alohida o‘rniga ega.


Istiqbolli turistik mintaqa hisoblangan Parkent tumanidagi Kumushkon, Zarkent, So‘qoq hududlari mamlakatimiz turizm bozorida o‘zining alohida o‘rniga ega. Ularni rivojlantirish, turistlar oqimini yanada ko‘paytirish xizmatlar hajmi va daromadlarni oshirishga xizmat qiladi.

Shu maqsadda Toshkent viloyati hokimligi va Turizmni rivojlantirish departamenti vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh Kumushkon hududini o‘rganib chiqdi. Tadbir davomida xonadonlarning sanitar-gigienik holati kuzatildi, tibbiy ko‘rik o‘tkazildi, uyma-uy yurib, turistlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Turizm ob’ektlari barpo qilish bo‘yicha 10 dan ortiq investor bilan muzokara o‘tkazildi.

Kumushkon qishlog‘ini “Turizm qishlog‘i”ga aylantirish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi.

photo5210763527801908035.jpg

– Davlatimiz rahbarining Toshkent viloyatiga tashrifi davomida hududning turizm salohiyatidan unumli foydalanish borasida amaliy ishlarga o‘tish kerakligi ta’kidlandi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Abdulaziz Oqqulov. – Shundan kelib chiqqan holda, Toshkent viloyati hokimligi Parkent tumanida “Kumushkon turizm qishlog‘i”ni tashkil qilish taklifini ilgari surdi va loyihaga start berildi. Kumushkon qishlog‘i ilk namunaviy loyiha bo‘ladi. Ishlab chiqilgan konsepsiyaga ko‘ra, bu yerda turizm qishlog‘i tashkil etish uchun zarur bo‘lgan 7 mezonning barchasi mavjud.

Qayd qilinganidek, aholini turistlarga xizmatlar ko‘rsatishga keng jalb etish rejalashtirilmoqda. Buning uchun qator xalqaro moliya institutlarining grantlari asosida o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

Ma’lumki, “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi doirasida mamlakat bo‘ylab mehmon uylari tashkil etilayapti. Turizm qishlog‘i tashkil etilishi munosabati bilan Kumushkonda bu masalaga alohida e’tibor qaratiladi.

photo5211198230031870689.jpg

Mutasaddilar bilan uchrashuvlarda turizm bo‘yicha axborot markazi ochish, mahalliy aholi orasidan yo‘lboshlovchilar tayyorlash va turistlar uchun alohida selfi hududlari tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 30 mingdan ortiq turistik qishloq mavjud.