Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida g‘o‘za qator oralariga soya ekish tajribasi qo‘llaniladi
12:15 / 2021-02-15

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida "Sug‘oriladigan maydonlarda g‘o‘za+soya ekinlarini birgalikda yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar" mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Teshayev, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Uzoqov, tuman hokimlari va soha mutasaddilari ishtirok etdi.  

Ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligida soyani g‘o‘za bilan birga yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali mamlakatimizdagi oqsil taqchilligi muammosini hal qilishga erishiladi.

– Soya ekilgan maydonlarda o‘zidan keyin tuproqda azotli o‘g‘it qoldiradi, – deydi Toshkent davlat agrar universiteti professori Halima Otaboyeva. – O‘simlik ildizlari o‘zi o‘sib rivojlangan maydonlarida tuproqda erimaydigan holga o‘tib qolgan kaliyli va fosforli o‘g‘itlarni o‘simlik uchun tayyor holga keltiradi. O‘zidan keyin ekiladigan ekin uchun sof holda azot qoldiradi. Muhimi, tuproq unumdorligi oshadi va qo‘shimcha oziq-ovqat zaxirasi tayyorlash imkoni vujudga keladi.  

Seminarda zamonaviy seyalkalardan foydalanib, soya urug‘larini chigitga aralashtirib og‘ir tuproqlarda 3-5 santimetr, yengil-qumoq tuproqlarda 5-6 santimetrgacha chuqurlikka ekish bo‘yicha dalaning o‘zida amaliy ko‘rsatmalar berildi.  

Soha mutaxassislari bilan mazkur amaliyot natijalari xususida so‘z yuritildi.  

A. Musayev, O‘zA