Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida bayramga tayyorgarlik boshlandi
16:00 / 2022-08-03

Prezidentimizning 2022 yil 1 avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq bu yilgi bayram tantanalari "Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!" g‘oyasi asosida o‘tkaziladi.

Qarorda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib borayotgani alohida qayd etilgan.  

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev raisligida bayramga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha viloyat tashkiliy qo‘mitasi va ishchi guruhlari a’zolari ishtirokida muloqot o‘tkazildi. Unda qarorda belgilangan g‘oya va vazifalardan kelib chiqib, bayram tantanalari va bayramoldi tadbirlarda Mustaqilligimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon mamlakatga aylantirishdagi sa’y-harakatlar mohiyatini aks ettirish borasida qator fikrlar o‘rtaga tashlandi.  

Bayramni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibi tasdiqlanib, ular zimmasiga mas’uliyatli vazifalar taqsimlandi. Muloqotda viloyat faollari, shoir va yozuvchilar, san’atkorlar, mehnat faxriylari bayram ssenariysini shakllantirish bo‘yicha o‘zlarining taklifini berdi. 

A.Musayev,O‘zA