Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida 968 ta saylov uchastkasi tuzildi
08:44 / 2023-05-25

Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.

Unda komissiyasi raisi Ulugʻbek Toʻxtayev va aʼzolar tomonidan kun tartibidagi tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Hududda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha ish rejasi belgilandi.

Yigʻilishda saylov uchastkalarini tuzish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi. Xususan, yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Saylov kodeksinig 5-moddasiga asosan hududdagi jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning ham saylov huquqlarini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha 11 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Shunga asosan Toshkent viloyati boʻyicha jami 968 ta saylov uchastkasi tasdiqlandi. 

Okrug saylov komissiyasi aʼzolariga Markaziy saylov komissiyasining guvohnomalari topshirildi. 

A. Musayev, O‘zA.