Toshkent viloyatida 7 kilogrammdan ziyod bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi
Yangiyo‘l shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo‘lgan qiz bola chaqaloq dunyoga keldi.
Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Ona kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu uning to‘rtinchi farzandidir.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.

SSV matbuot xizmatining eslatib o‘tishicha, bunday holat o‘tgan yilning noyabr oyida ham Nurafshonda kuzatilgan bo‘lib, salkam 7 kg.lik vazndagi o‘g‘il bola chaqaloq tug‘ilgan edi.
O‘zA