French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyatida 500 kVt quvvatga ega agrovoltaik pilot loyihasi amalga oshiriladi
15:05 / 2025-04-14

2025 yil 10–12 aprel kunlari O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ishchi guruhi Fransiyaning Marsel shahriga xizmat safari uyushtirdi.

Ishchi guruh tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad yashil energetika va qishloq xo‘jaligi sohasida yetakchi kompaniyalardan biri sanalmish "Agrovoltalia" faoliyati bilan tanishish, tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.  

Safar doirasida delegatsiya a’zolari xorijiy mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan seminarlarda qatnashdilar. Seminarlarda quyosh panellari o‘rnatish texnologiyalari, ular orasida sabzavot yetishtirish imkoniyatlari hamda ushbu tizimdan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya Marsel shahri janubida joylashgan, 4,5 gektar yer maydonida qurilgan quyosh energetika stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ushbu stansiya orqali nafaqat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, balki quyosh panellari orasida sabzavot ekinlari ham yetishtiriladi. Loyiha doirasida fermer va dehqon xo‘jaliklari uchun masofaviy boshqaruv, suv tejamkorligi hamda hosildorlikni oshirish imkoniyatlari yaratiladi.

Tashrif yakunida “Agrovoltalia” kompaniyasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga muvofiq, sinov tariqasida 500 kVt quvvatga ega agrovoltaik pilot loyihasi Toshkent viloyatidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyasida amalga oshiriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA