Toshkent viloyatida 4 nafar egizak tug‘ildi
25 yanvar kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida 4 nafar egizak tug‘ildi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, tumanning Birlik mahallasida yashovchi Toirovlar oilasida 4 nafar egizak dunyoga kelgan. Qayd etilishicha, ularning ikki nafari o‘g‘il va ikki nafari qiz.
Qibray tuman hokimligi egizaklarning ota-onasi Toirov Javohir va Toirova Malikani bu bilan samimiy tabriklagan. Egizaklarning otasi hozirda farzandlarining ahvoli qoniqarli ekanini aytgan.
O‘zA