Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati yoshlari g‘olib bo‘ldi
17:14 / 2019-03-18

Guliston shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan yoshlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.


Guliston shahrida Navro‘z bayrami munosabati bilan Mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan yoshlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. 

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan sport bayrami qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Turnirda Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari hamda poytaxtimizdagi Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan yoshlardan tashkil topgan jamoalar g‘oliblik uchun maydonga chiqdi.

photo5219888606729054731.jpg

Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda 1-o‘rin Toshkent viloyatidan kelgan yoshlarga nasib qildi. 2 va 3-o‘rinlarni mos ravishda Toshkent shahri va Jizzax viloyati egalladi.

Musobaqaning barcha ishtirokchilari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.