Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:40 / 2026-03-03

Toshkent viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Chirchiq shahrida barpo etilayotgan qurilish ob’ektlarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Jarayonda binolarning loyiha hujjatlariga muvofiqligi, qurilish-montaj ishlari sifati hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining belgilangan me’yor va standartlarga mosligi o‘rganildi. Shuningdek, maxsus sinov laboratoriyasi tomonidan beton va boshqa qurilish materiallaridan namunalar olinib, ularning mustahkamlik darajasi va texnik ko‘rsatkichlari tekshiruvdan o‘tkazildi.

Bu kabi sa’y-harakatlar qurilish ob’ektlarida sifat va xavfsizlik talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida izchil davom ettirilmoqda.

***

Bekobod tumanida bosh miya bilan bog‘liq murakkab operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazildi.  

Xususan, tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan 1980-yilda tug‘ilgan S. Mamadaliyevda murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi. Operatsiya davomida bosh miyaning chap yarim sharida joylashgan qaytalanuvchi hajmli hosila — melanoma olib tashlandi.

Hozir bemor reanimatsiya bo‘limida shifokorlar nazorati ostida. Asoratlar o‘ng tomonlama gemiparez hamda talvasa xurujlari bilan kechgan bo‘lib, shifokorlarimizning fidokorona mehnati va tezkor harakatlari natijasida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi. Ayni vaqtda bemorning ahvoli doimiy nazoratda bo‘lib, zarur muolajalar olib borilmoqda.

***

Toshkent viloyati hokimi tashabbusi bilan Toshkent davlat agrar universitetida viloyat sholikor fermerlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.  

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligidagi mazkur o‘quv dasturi qishloq xo‘jaligida zamonaviy va samarali yondashuvlarni joriy etish, ayniqsa, sholichilik tarmog‘ida yuqori hosildorlikka erishish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanishni maqsad qiladi. Mashg‘ulotlarda sohaning yetuk mutaxassislari va tajribali olimlar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etilmoqda.

Jumladan, o‘quv jarayonida suv tejovchi texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, jahon tajribasi asosida sholi yetishtirishning ilg‘or usullari, zamonaviy agrotexnik tadbirlar, shuningdek, sholi ekinlarida uchraydigan zararkunanda va kasalliklarga qarshi samarali kurashish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda. Tinglovchilar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy tavsiyalarga ham ega bo‘lib, ularni o‘z xo‘jaliklarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

A. Musayev, O‘zA