Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:14 / 2026-03-02

Bekobod tumanida Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova bilan xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimligi vakillari, “Ekvita Italiya” tashkiloti mas’ullari, hududning faol ayollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish, kasb-hunar o‘quv kurslarini kengaytirish, shuningdek, moliyaviy ko‘mak va grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, ayollarning iqtisodiy mustaqilligi  oila farovonligi, jamiyat taraqqiyoti va yurt kelajagining muhim omilidir.

***

Chirchiq shahrida  kamondan otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati musobaqasining taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ochilish marosimida Toshkent viloyat hokimligi, Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chirchiq shahar hokimligi, Chirchiq harbiy prokuraturasi, Toshkent viloyat sport boshqarmasi vakillari, Kamondan otish federatsiyasi va para kamondan otish qo‘mitasi a’zolari, hakamlar hay’ati, murabbiylar tarkibi va sportchi yoshlar ishtirok etdi.  

Chempionat davomida mahoratlarini namoyon etib kelgan  sportchi yoshlar hakamlar tomonidan  baholandi. Ular tashkilotchilar tomonidan medallar, maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

***

Chinoz tuman tibbiyot birlashmasida o‘rta tibbiyot xodimlari ishtirokida seminar  tashkil etildi.

Unda Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar, sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, tibbiy xizmat sifatini oshirishda hamshiralarning o‘rni, yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash va ular nazoratini kuchaytirish, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish masalalari muhokama qilindi. 

Yig‘ilishda DIMED yagona tibbiyot axborot tizimining imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. 2025-yilda sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili, 2026-yil uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tadbirda viloyat, tuman mas’ullari hamda barcha tibbiyot muassasalari katta hamshiralari ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini almashdi.

A. Musayev, O‘zA