French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:57 / 2026-02-28

Nurafshon shahridagi "Syber University" oliy o‘quv yurti talabalari va professor-o‘qituvchilari Toshkent viloyat sudlari faoliyati bilan tanishdi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri doirasida o‘tkazilgan tadbir axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik va raqamli innovatsiyalar sohasida zamonaviy kadr bo‘lib yetishishni maqsad qilgan yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Yurtimizda bugun har jabhada zamonaviy axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqda. Buning amaliy natijasini sudlar faoliyatida ham ko‘rish mumkin. 

Tadbirda sudyalar axborot texnologiyalari sohasining bo‘lajak mutaxassislariga sudlarda masofadan turib ishtirok etish, tayinlangan sud majlislari vaqti haqida onlayn ma’lumotga ega bo‘lish, taraflarni SMS xabarnoma orqali sud majlisi o‘tkazilishi haqida xabardor qilish singari yaratilgan qulayliklar haqida so‘zlab berdi. Xususan, sohaga sun’iy intellektni joriy qilishning afzalliklari haqida ham zarur ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash lozimki, viloyat sudlarining yangi binosi qurib foydalanishga topshirilganiga ko‘p ham bo‘lmadi. Shu bois yoshlar yangi binoda yaratilgan sharoitlar, sudya va xodimlarning kundalik ish jarayonlari, shuningdek ochiq sud majlisini bevosita kuzatish imkoniga ham ega bo‘ldi.

***

Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi tizimida kinologlar malakasi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, kinolog xodimlarga yuqori natijalarga erishish, chegara bojxona postlari orqali kontrabanda ashyolarining olib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning bugungi kunigacha xizmat itlari yordamida 56 ta holatda jami 197 kilogramm 781 gramm giyohvand moddalar, 20 ta holatda 4 ming 751 dona kuchli ta’sir qiluvchi va psixotrop dori vositalari, 15 ta holatda 557 dona pirotexnika vositalari bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlangan. 

Bu ko‘rsatkichlar kinolog xizmati samaradorligini yana bir bor namoyon etmoqda.

***

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va Toshkent viloyat hokimligi hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan” shiori ostida o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari Nurafshon shahrida davom ettirildi.

Targ‘ibot uchrashuvlarida tegishli boshqarma va tashkilotlar, hududdagi barcha tijorat banklari rahbar va xodimlari faol ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan soxta hamda g‘arazli axborotlarga nisbatan tanqidiy yondashuvni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, davlat va din munosabatlari, davlat xizmatchisining burchi va mas’uliyati yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

A. Musayev, O‘zA