French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:49 / 2026-01-22

Yurtimizda mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, joylarda ishlarni samarali tashkil etish hamda aholining soliq madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, “Soliq to‘lash – burchim” shiori ostida Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda mahalla yettiligi a’zolari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Tadbir davomida soliq to‘lovlarining mahalla ravnaqi, infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash va aholi farovonligini ta’minlashdagi o‘rni atroflicha tushuntirildi. 

Fuqarolar soliq imtiyozlari, tadbirkorlik faoliyatidagi majburiyatlar, elektron to‘lov tizimlari hamda qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi. Ta’kidlanganidek, har bir o‘z vaqtida va qonuniy to‘langan soliq – mahalla obodligi, sifatli infratuzilma va farovon kelajak uchun mustahkam poydevordir. 

*** 

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar, inspektorlar uchun navbatdagi huquqiy-profilaktik suhbat o‘tkazildi. Unda Agentlikning Komplayens nazorati bo‘limi mutaxassislari, viloyat prokuraturasi vakillari korrupsiyaga qarshi kurashish borasida milliy qonunchiligimiz, tizimda qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati va talablari ishtirokchilarga yetkazdi. 

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha nizom, korrupsiya xavf-xatarlarni baholash kabi bir qator mavzularda tushunchalar berildi. Maqsad o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida, tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida va chegara maskanlarida eksport-import jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, eksportyor korxonalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan amaldagi normativ-huquqiy talablar asosida ish olib borishdir. 

Shuningdek, ishtirokchilarga Agentlik tizimida korrupsiya holatlarini oldini olish maqsadida aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi. Xususan, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida xodimlar tomonidan turli qoidabuzarliklar, noqonuniy holatlar haqida xabar berish uchun ishonch telefoni, rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi manzillarga murojaat qilish mumkinligi aytildi. 

*** 

Yurtimizda yoshlar muammolarini o‘rganish, takliflarini qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish rahbarlar faoliyatining ustuvor vazifasiga aylangan. Mazkur yondashuv doirasida bugun Yuqori Chirchiq tumanida DXX Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Ahmedov, viloyat prokurori A.Mirzayev, viloyat IIBB boshlig‘i A.Abdurazzoqov, Yuqori Chirchiq tumani hokimi U.Atemov, shuningdek, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i N.Hojiyev yoshlarni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Tadbir doirasida ishsiz yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi, shuningdek, yoshlar o‘z fikr-mulohazalari, taklif va murojaatlarini bevosita viloyat mas’ullariga yetkazish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. 

A.Musayev, O‘zA.