Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
14:20 / 2026-01-14

Qibray tumanida Mudofaa ishlari bo‘limi binosi mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Tantanali ochilish marosimida Mudofaa vazirligi rahbariyati, viloyat hamda tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Rekonstruksiya jarayonida bino to‘liq yangilanib, undagi ish va xizmat ko‘rsatish xonalari zamonaviy talablarga moslashtirildi. Xodimlar va harbiy xizmatga chaqiruvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilib, texnik ta’minot vositalari to‘liq yangilandi. Binoning qurilish ishlari uchun tegishli qarorlar asosida maxsus va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan besh milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan. 

Yangilangan bino tumanda Mudofaa ishlari bo‘limi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, aholiga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

*** 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Jumladan, bojxona tizimida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan marhum Davron Abdug‘aniyevning oila a’zolari holidan xabar olindi. Uchrashuvda marhumning bojxona organlaridagi faoliyati, kasbiga va Vatanga bo‘lgan sadoqati chuqur hurmat va xotiralar bilan yodga olindi. 

*** 

Ayni kunlarda “Obod mahalla – obod ko‘cha – obod xonadon” tamoyili doirasida Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Ohangaron tumanidagi “Uvak” oilaviy shifokorlik poliklinikasida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. 

Jarayonlarda viloyat Ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, viloyat Endokrinologiya va kardiologiya markazi, viloyat Perinatal markazi, viloyat Ko‘z kasalliklari markazi hamda Ohangaron tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tor soha mutaxassislari faol ishtirok etdi. 

Tadbir doirasida aholi bilan sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan voz kechish va kasalliklarning oldini olish mavzularida suhbatlar ham o‘tkazildi. 

A.Musayev, O‘zA.