French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
14:33 / 2026-01-09

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Toshkent viloyat sudida bo‘lib o‘tgan tadbir ayni mavzuga bag‘ishlandi. Unda videokonferensiya rejimida fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlari, viloyat ma’muriy sudi sudya va xodimlari ishtirok etdi.  

Tadbirda viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi Maxsuda Dusmatova shu mavzuda ma’ruza qildi. Xususan, davlatimiz rahbari odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etishga kirishilgani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda sohadagi yangiliklar va ularning mazmun-mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

***  

Joriy yilning 5–11 yanvar kunlari barcha mahallalarda “Mazmunli ta’til” dasturi doirasida keng ko‘lamli tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu dastur yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, sog‘lom turmush tarzi hamda ijtimoiy faollikka keng jalb etishga qaratilgan.

Jumladan, Toshkent viloyati mahallalarida ham turli tanlov va musobaqalar, yoshlar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar targ‘iboti izchil olib borilmoqda. Bugungacha mini futbol, kibersport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini hamda “Milliy karaoke” loyihalari doirasida viloyat bo‘ylab jami 74 ming 596 nafar o‘g‘il-qiz faol ishtirok etdi. Shu kabi tadbirlar hafta davomida izchil davom ettirilib, yoshlarning qishki ta’til davrini samarali va mazmunli o‘tkazishiga munosib hissa qo‘shmoqda.

***

“Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bilan hududlarda maxsus ishchi guruhlar tashkil etilib, iste’molchilarda gazdan foydalanish holatini xatlovdan o‘tkazish, qonunbuzarlik holatlarini aniqlash va ularni oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari tomonidan Ohangaron tumanida o‘tkazildi. “G‘alla quduq” MFYda yashovchi fuqaro G. S. yashash xonadoniga tutash binoda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi sex tashkil etib, tegishli shartnoma va loyiha-texnik hujjatlarsiz tabiiy gaz tarmog‘iga ulangani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 1 milliard 603 million so‘mlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi.

Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

A. Musayev, O‘zA.