Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:33 / 2025-12-30

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda viloyat rahbari 2025 yilda ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlik samarali bo‘lgani, Toshkent viloyati hokimligi kelgusi yilda ham hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va yangi samarali loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, hozirda viloyat savdo-sanoat palatasi rahbari boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi Ufa shahrida bo‘lib turgani, shu munosabat bilan Iglin tumani ma’muriyati va barcha rasmiylarga tadbirkorlarimizni qo‘llab-quvvatlayotgani hamda loyihalarni amalga oshirishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun  minnatdorlik bildirildi. 

Muloqotda bir qator muhim loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi. Bu loyihalar ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi qayd etildi. Muloqot yakunida tomonlar kelgusi yilda ham hamkorlik aloqalarini kengaytirish va qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirishda birgalikda harakat qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi. 

*** 

Toshkent viloyati hokimligida “2026 – yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonun va soliq-byudjet siyosatidagi asosiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov mazkur qonunning mazmun-mohiyati hamda soliq siyosatidagi asosiy yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berdi. 

Shuningdek, Prezidentimizning 2025 yil 26 dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ham to‘xtalib o‘tildi. Yakunda mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligini oshirish, soliq tushumlarini samarali boshqarish va byudjet intizomini mustahkamlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. 

*** 

O‘rta Chirchiq tumanida nuroniylar uchun mo‘ljallangan “Nuroniylar maskani” tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda Toshkent viloyati Nuroniy jamg‘armasi raisi, tuman hokimi, nuroniy otaxon va onaxonlar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. 

Ishtirokchilar binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Xususan, maskanda nuroniylarning mazmunli hordiq chiqarishi, suhbatlar uyushtirishi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishi uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. 

So‘zga chiqqanlar ushbu maskan keksalarni e’zozlash, ularning boy hayotiy tajribasi va ibratli yo‘lini yosh avlodga yetkazish, avlodlar davomiyligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. 

A.Musayev, O‘zA.