Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:29 / 2025-08-19

Joylarda aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘rta Chirchiq tumanida mebel mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrosanoat markazi barpo etildi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zahidov mazkur markazda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Ushbu markazda 40 nafar tadbirkor o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, 700 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Ayni paytda markaz to‘liq qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. 

Muloqot davomida vazir mas’ullarga tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish, infratuzilmani takomillashtirish va ish o‘rinlarini kengaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

 *** 

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati Bo‘stonliq tumanidagi kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashdi. Unda soliq siyosatidagi  o‘zgarishlar, kichik va o‘rta biznes uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan tushuntirishlar berilib, tadbirkorlik sub’ektlarining soliq hisobotlari taqdim etilishi, qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rnini qoplash, yer va mol-mulk soliqlarini hisoblanishi, ma’muriy huquqbuzarliklar bilan bog‘liq muammo va takliflari tinglanib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 

Shuningdek, tadbirkorlar o‘z muammolari bilan murojaat qilib, masalalar yuzasidan mas’ul  tashkilotlar, soha mutaxassislari tomonidan tegishli tushuntirish, ijobiy javoblar berildi. 

*** 

Bojxona qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot asosida “Navoiy” chegara bojxona post xodimlari bilan hamkorlikda post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tayotganda shubhali harakatlari sababli shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Unda uning ichki jinsiy a’zolarida og‘irligi 314 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari yashirilgani aniqlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur tilla taqinchoqlarning jami qiymati 316 million so‘mni tashkil etadi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.