Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:49 / 2025-08-12

Toshkent viloyatida kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali Bekobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Hududda 156,5 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 45 dona transformator punktidan 79,3 kilometr tarmoqlar hamda 28 dona punkt mukammal ta’mirlangan. Yana 109 ta transformator punkti va 380 kilometr havo tarmoqlaridan 264,8 kilometr tarmoqlar hamda 75 dona punkt joriy ta’mirlandi. 

*** 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi imkoniyatlari va afzalliklarini tushuntirish maqsadida joylarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

Shunday uchrashuvlardan biri Yangiyo‘l tumanida joylashgan “Mezam flour” MCHJ rahbariyati bilan o‘tkazilib, mazkur bojxona rejimi mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. 

Xususan, tovarlar qayta ishlash maqsadida bojxona hududiga olib kirilganda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinishi, iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmasligi, qator imtiyozlar mavjudligi ta’kidlandi. 

Ma’lumot uchun, mazkur tadbirkorlik sub’ekti har kuni 150 tonna bug‘doyni qayta ishlab chiqaradi. Uchrashuv yakunida bojxona rejim imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur chora-tadbirlar kelishib olindi. 

*** 

Ma’lumotlariga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on tumanida aholi soni 111 ming 219 nafarni tashkil etib, shundan 19 ming 694 nafari dispanser nazoratida. Ular orasida kardiologik va qandli diabet kabi surunkali kasalliklar keng tarqalgan. Bu holat “Sog‘lom turmush tarzi” va “Sog‘lom ovqatlanish” bo‘yicha yetarli targ‘ibot ishlari olib borilmaganini ko‘rsatadi. 

Shu sabab, Prezidentimizning sog‘lom turmushga oid farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tumanida “Oilangni sog‘lom hayotga yetakla!” shiori ostida tajriba loyiha yo‘lga qo‘yildi. Uning doirasida har hafta mahallalar, muassasalar va ta’lim tashkilotlarida turli yo‘nalishlarda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladi. 

Shuningdek, bog‘cha, maktab va litseylarda bolalar uchun shaxsiy gigiyena, yoshlar va nuroniylar uchun sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollikka oid mashg‘ulotlar tashkil qilinadi. Maqsad aholi orasida tibbiy madaniyatni oshirish, zararli odatlarga qarshi kurashish, surunkali kasalliklar ko‘lamini qisqartirishdir. 

A.Musayev,O‘zA