Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:04 / 2025-08-06

Yoshlar ishlari agentligi va “Teach For Uzbekistan” tashkiloti hamkorligida mamlakatimizning chekka hududlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar uchun Bo‘stonliq tumanida ta’lim oromgohi tashkil etildi.

Ushbu o‘quv dasturining asosiy maqsadi chekka hududlardagi ta’lim sifatini oshirish va o‘qituvchilarni yangicha fikrlashga undashdan iborat bo‘lib, unda yurtimizning turli hududlaridan 50 nafar yosh o‘qituvchi ishtirok etdi. Dastur davomida yetakchilik, pedagogik mahorat, emotsional intellekt, ta’limdagi innovatsion yondashuvlar hamda inklyuziv ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 

Jarayonlarga xalqaro ekspertlar ham jalb etilib, yosh o‘qituvchilar uchun global tajriba va xorijiy ta’lim tizimi bo‘yicha intensiv darslar o‘tkazildi. 

*** 

Majburiy ijro byurosi Toshkent viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan ishdan asossiz bo‘shatilgan xodimlarni ishga tiklash hamda to‘lanmay qolingan ish haqlarini undirish yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari ijrosini ta’minlash choralari olib borilmoqda. 

Bugungi kunda hududiy bo‘limlar ish yurituvida fuqarolarga ish haqlari undirish bilan bog‘liq 66 ta jami 1,4 milliard so‘mlik ijro hujjatlari mavjud. Shundan 58 ta ijro hujjati tamomlangan. Bundan tashqari, ishga tiklash bilan bog‘liq 95 ta ijro hujjatlaridan 46 tasi amalda tamomlanib, xodimlar o‘z ishiga qayta tiklangan. 

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor “A.N.T” MCHJdan jamiyatning 1 nafar ishchi xodimi foydasiga jami 22,4 million so‘m ish haqqi to‘liq undirilib, ijro hujjatlarining ijrosi amalda ta’minlangan. Bu boradagi tadbirlar davom etmoqda. 

*** 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Angren shahar bo‘limi, huquqni muhofaza qilish organlar va tegishli tashkilot xodimlari bilan hamkorlikda Angren shahar “Lashkarak” MFY hududida noma’lum shaxslar tomonidan 1 bosh noyob yovvoyi to‘ng‘iz otib o‘ldirilgani va voqea joydan yashiringanlik holati aniqlandi. 

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida huquqbuzarlikni hududda yashovchi fuqarolar M.D. va N.E.lar sodir etganligi ma’lum bo‘ldi. Ularning yonidan daliliy ashyo sifatida 1 dona ov quroli, 30 dona sochma o‘q, 24 dona patron va 1 dona “sunar 35” nomli porox va 189 gramm bo‘lgan pistonlar xolislar ishtirokida shahar Ichki Ishlar bo‘limiga topshirildi. Olib qo‘yilgan 1 bosh yovvoyi to‘ng‘iz vaqtincha saqlash uchun Angren shahar Obodonlashtirish bo‘limi pitomnigiga topshirildi. 

Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har bir huquqbuzarga jarima chorasi qo‘llanildi. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Angren shahar Jinoiy ishlar bo‘yicha sudiga yuborildi. 

A.Musayev, O‘zA.