French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:35 / 2025-07-31

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida hududdagi rahbarlar, tegishli kotibiyat mudirlari, mutasaddilar hamda tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat hokimi 22 nafar tadbirkor bilan olib borgan suhbatida ularni qurilish jarayonlarida qiynayotgan muammoli masalalarni eshitib, tegishli tashkilot rahbarlariga tizimli topshiriqlar berdi. Shuningdek, yo‘l yoqasidagi qurilish binolari, hudud atroflari obodonligiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini qarovsiz qoldirgan tadbirkorlarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirish berildi. 

*** 

Bekobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining bolalar bo‘limi uchun zamonaviy bino qurib berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimida tuman hokimi Z.Nizomiddinov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shifokorlar, hudud faollari qatnashdi. Bu yerda aholiga markazlashgan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit mavjud. 

Shu kungacha hududdagi 60 ming nafarga yaqin bolalarning tekshiruvlardan o‘tishi yoki davolanishi uchun deyarli qulaylik bo‘lmagan. Endilikda bu kabi muammolar bartaraf etildi. Tadbir ishtirokchilari binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. 

*** 

Angren shahrida ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan hamda qizil toifadagi hududlar aholisi uchun bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarka”si tashkil etildi. Unda 20 ta  korxona va tashkilot  o‘zlarining 393 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. 

Asosan “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan xotin-qizlar, probatsiya hisobida bo‘lgan shaxslar hamda ishsiz yoshlar jalb etildi. Tadbirda nomzodlarga ishga joylashish va kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi. 

Shuningdek, uy sharoitida band bo‘lgan va o‘zini o‘zi band qilish istagida bo‘lgan hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi. 

A.Musayev, O‘zA.