French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:36 / 2025-07-23

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Navoiy” chegara bojxona posti orqali yurtimizga piyoda holda kirib kelgan yo‘lovchi belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Maxsus apparat orqali tekshiruvlar natijasida, yo‘lovchining bel qismida xufiyona yashirilgan xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 33 million so‘mlik 6 dona “ iPhone” rusumli uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

*** 

Yangiyo‘l tumanidagi 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga xizmat guvohnomalari va ko‘krak nishonlari topshirildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi, mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi raisi O.Ataullayev barchaga o‘zining ezgu tilaklarini bildirib, kelgusi ishlariga rivoj tiladi. 

Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda mahalla tizimini yanada rivojlantirish, uni aholining orzulari hamda hayotiy muammolarini yaqindan biladigan kuchli tuzilma sifatida shakllantirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Mahalla raislari esa shu tizimning yetakchi shaxslari bo‘lib, jamiyatdagi muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda faol ishtirok etadi. 

*** 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi vakillari hududlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari va mahallalarda faoliyat yuritayotgan kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda. 

Jumladan, Quyi Chirchiq tumanida tashkil etilgan muloqot davomida sohaga oid qaror va farmonlarning joylardagi ijrosi, ijtimoiy xodimlarning kundalik faoliyati yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, mutaxassislarning hisobotlari tinglanib, keyingi yarim yillikda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

A.Musayev,O‘zA.