English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:49 / 2025-07-18

Toshkent tumanida aholi salomatligini muhofaza qilish va kasalliklarni erta aniqlash maqsadida navbatdagi bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Unda tor mutaxassislik sohasidagi shifokorlar – okulist, kardiolog, nevropatolog va onkolog vrachlar aholini qabul qilib, har tomonlama tekshiruvlar olib bordi. Ko‘rik davomida fuqarolarning ko‘rish qobiliyati, yurak-qon tomir tizimi, asab faoliyati hamda saraton kasalliklari alomatlari tekshirildi. Zarur hollarda qo‘shimcha maslahatlar, davolanish yo‘llanmalari ham berildi. Ushbu tadbirda 100 nafardan ziyod fuqarolar ko‘rikdan o‘tkazildi.

***

Toshkent viloyati prokurori A.Mirzayev tomonidan aholi bilan bevosita va ochiq muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan tizimli muammolarni aniqlash hamda qisqa muddatlarda qonuniy hal etish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Jami 23 nafar jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sud, kredit va subsidiya ajratish, qurilish, yer va elektr energiyasi masalalari, tergov-surishtiruv harakatlari, sog‘liqni saqlash, uy-joy va moddiy yordam kabi ijtimoiy yo‘nalishda hamda mulkiy nizolar kabi masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Ayrimlari joyida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, tekshirish va tegishli mutaxassislarning xulosalari talab etiladiganlari ish yurituvga olinib, o‘rganish ishlari boshlandi.

***

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashuvlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda. Jumladan, Yangiyo‘l tumanida joylashgan qog‘oz mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “International Paper” korxonasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda joriy yilning 6 oyi mobaynida korxona tomonidan 3,657 million AQSH dollarlik tayyor mahsulot eksport qilingani va 11,282 million AQSH dollarlik xomashyo xorijdan olib kirilgani qayd etildi. Bojxonachilar tomonidan “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi va uning afzalliklari, shuningdek, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar va qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, korxona faoliyati, jumladan, amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari, yangi texnologik liniyalar joriy etish va biznes-reja bilan yaqindan tanishildi. 

A.Musayev, O‘zA.