Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:16 / 2025-06-16

Angren shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i S.Xidirov va bir qator mas’ullar ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabuldi hududdagi Kimyogar va Bobotog‘ mahallalari aholisining muammolari tinglandi.

Qabulda fuqarolarning jinoyat ishlari, fuqarolik ishlari bo‘yicha, iqtisodiy va ma’muriy sudlarga oid murojaatlari o‘rganib chiqildi. Ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi va ba’zi murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. 

Shuningdek, sayyor qabul davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlari tomonidan sayyor sud majlisi ham o‘tkazilib, taqdimnoma va iltimosnomalar asosida ozodlikdan mahrum qilish va boshqa turdagi jazoni o‘tayotgan 14 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

***

Toshkent viloyati soliq organi xodimlari tomonidan aholi gavjum joylar, bozorlar, savdo komplekslarida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda. 

Xususan, O‘rta Chirchiq tumani tadbirkorlari bilan mutaxassislar soliq sohasida korrupsion holatlarning oldini olish borasida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, soliq to‘lovchilarga flayerlar tarqatildi.

***

Parkent tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan navbatdagi “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Unda hududdagi 280 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi. Jarayonda tuman hamda boshqa joylardagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud 120 ta tashkilot bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qildi. Tadbir davomida 16 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 12 ta fuqaroga kasb hunarga o‘qish uchun yo‘llanma va 50 dan ortiq fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

***

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi ish yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “Ohangaron Nasilli Parranda” MCHJdan, undiruvchi Mikrokreditbank ATB foydasiga belgilangan kredit qarzdorligi undirish hamda undiruvni “Imkon Plyus” MCHJga tegishli muzqaymoq ishlab chiqarish sexiga qaratish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud edi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida kredit qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli mazkur garov mulki xatlandi. Ishlab chiqarish sexini garov shartnomasida ko‘rsatilgan mablag‘ bahosida “E-AUKSION” savdolariga chiqarish choralari ko‘rilmoqda.

A.Musayev, O‘zA.