French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:50 / 2025-04-25

-

Shu kunlarda Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tayotgan “23- KITF 2025” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Toshkent viloyati delegatsiyasi ham munosib ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli tadbir doirasida delegatsiya a’zolari xorijiy davlatlarning turizm kompaniyalari, tadbirkorlik sub’ektlari va investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, samarali muzokaralar olib bormoqda va 180 dan ziyod shartnomalar imzolashga erishildi. Shuningdek, Qozog‘istonning bir qancha yirik shaharlari bilan ikki tomonlama memorandum imzolashga kelishib olindi. 

*** 

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Navoiy” chegara bojxona postida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida qiymati 305 million so‘mdan ziyod bo‘lgan zamonaviy smartfonlarni noqonuniy ravishda mamlakatga olib kirishga urinish aniqlandi. Piyoda kirib kelgan fuqaroning xatti-harakatlarida shubha paydo bo‘lgani sababli “Body Scanner” qurilmasi orqali ko‘rikdan o‘tkazildi. 

Shaxsiy ko‘rik davomida fuqaroning tanasiga yashirilgan, og‘zaki so‘rovda hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan 20 dona “iPhone 13 Pro” smartfonlari topildi. Yana bir holatda esa, post orqali harakatlanayotgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rikdan o‘tkazilganida og‘zaki so‘rovda aytilmagan hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 9 dona smartfonlar borligi fosh etildi. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

*** 

Joriy yilning 26 aprelidan  25 mayga qadar respublikaning barcha hududlarida, olis va chekka mahallalarda “Sog‘lomlashtirish oyligi” o‘tkazilishi reja qilingan. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag‘allik reyestriga kiritilgan aholi orasida kasalliklarni erta aniqlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsad qilingan. 

Xususan, Qibray tumani Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida respublika va viloyat miqyosidagi tor doiradagi malakali mutaxassislari (terapevt, endokrinolog, oftalmolog, urolog, onkoginekolog, xirurg, stomatolog, EKG, UTT, laboratoriya tekshiruvlari va psixiatr, ftiziatr, nevropatolog) tomonidan aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 

A.Musayev, O‘zA