O‘rta Chirchiq tumanida aholining mavjud muammolarini bartaraf etish, takliflarini o‘rganish yuzasidan tuman hokimi Ixtiyor Qosimovning navbatdagi qabuli o‘tkazildi.
Unda Xalq qabulxonasi rahbari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, tegishli mas’ullar ishtirok etdi. Jarayonda fuqarolarning kommunal sohadagi muammolari, uy-joy olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, bola puli, subsidiya olish, pensiya, bandlik, ta’lim kabi murojaatlari tinglandi.

***
Nurafshon shahridagi o‘yingohda “7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni” munosabati bilan “Salomatlik sari” shiori ostida ommaviy yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda viloyat Sport boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan marafonda ming nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Dastlab uzoq masofada yurish bilan birga, sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar ham bajarildi.
Asosiy maqsad aholi orasida ommaviy sportni keng rivojlantirish orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan e’tiborni aholi va yoshlar orasida yanada oshirishdir.


***
“Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Jarayonda ishtirokchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Ushbu bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ijtimoiy xodimlar hamda ijtimoiy xodim assistentlari tantanali ravishda taqdirlandi.
G‘oliblarga diplomlarni Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov topshirdi hamda tanlovning Respublika bosqichida muvaffaqiyat va zafarlar tiladi.


A.Musayev, O‘zA