Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:01 / 2024-11-05

“Yallama” chegara bojxona postida “Volvo” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Unda yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatning nomiga olib kelingan tovarlar yuklangani aniqlandi.

Hatijada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan “Pista yog‘i” aslida “Paxta yog‘i” ekani ma’lum bo‘ldi va ularning TIF TN kodlari o‘zgarilgani sababli 44 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovi hisoblandi.  

Hozirda holat yuzasidan tekshiruv amalga oshirilmoqda.  

***  

Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev raisligida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Unda viloyat sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilot boshliqlari hamda videokonferensiya aloqa orqali shahar va tuman mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.  

Dastlab “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining bajarilishi, kambag‘al oilalarga biriktirilgan rahbarlarga qo‘yiladigan vazifalar va shaxsiy mas’uliyat to‘g‘risida fikrlar bildirildi. Bu borada kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.  

Kuz-qish mavsumi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini yaratish rejasining bajarilishi, kommunal sohalarda vujudga kelgan debitor qarzdorliklarni kamaytirish bo‘yicha tasdiqlangan reja-topshiriq ijrosi va galdagi vazifalar tahlil qilindi. Hududlar va tarmoqlar bo‘yicha erishilgan natijalar e’tirof etildi, yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.  

***  

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida “Kimyo sanoatining dolzarb muammolari, innovatsion yechimlari va istiqbollari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.  

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi, N.A.Chinikala nomidagi Konchilik instituti Chita filiali va bir qator xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlari hamda mamlakatimiz kimyo sanoatining yetakchi olimlari va mutaxassislari ishtirok etdi.  

Bugungi kunda kimyo sanoati yangi bilimlar, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalarni tatbiq etishning asosiy markazlardan biri hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va iqtisodiyotni yangi bosqichga ko‘tarish kimyo sanoatiga ilm talab qiladigan sohalardan biri sifatida qarashni taqozo etadi.  

Konferensiyada yetakchi olimlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi. O‘zaro fikr-mulohazalar alohida sho‘’balarda davom etdi.  

A.Musayev, O‘zA.