Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
08:01 / 2024-03-12

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning tegishli qaroriga asosan Yuqori Chirchiq tumani hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 700 gektar yer maydoni “Yangi Toshkent shahrini barpo etish” direksiyasiga doimiy foydalanish huquqi bilan berildi.

Mazkur yer maydonlari “O‘zbekiston”, “Guliston” va “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidan ajratilishi belgilangan.

***  

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda qo‘shni davlatdan yurtimizga o‘tish uchun “Oybek” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “MAN” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Mashinada yarim tirkama qismiga magnit yordamida yopishtirib yashirilgan, ikki dona selofanga o‘ralgan 1 kg, 981 gr “gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozir holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

***  

Majburiy ijro byurosining Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining tegishli buyrug‘iga asosan, qarzdor I.Mo‘minbekovdan undiruvchi Sh.Abduvaliyeva foydasiga farzandi ta’minoti uchun aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjati mavjud edi.  

Ijro harakatlari davomida qarzdor I.Mo‘minbekov farzandi voyaga yetgunga qadar aliment pullarini oldindan to‘lab berish taklifini berdi. Undiruvchining roziligi bilan davlat ijrochisi tomonidan jami 89 million 914 ming 880 so‘m aliment pullari Sh.Abduvaliyeva foydasiga  undirib berildi.

A.Musayev,

O‘zA muxbiri