Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:11 / 2024-02-21

Bekobod tumanida tomorqa yerlardan samarali foydalanish yuzasidan tanqidiy o‘rganish ishlari boshlandi.

Dastlab Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan hududdagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari uchun “Mallaboy” va “Oqoltin” mahallalarida seminar tashkil etildi. Unda hokim yordamchilarining faoliyati, shuningdek, ish o‘rinlari yaratish dasturining bajarilishi, yerdan samarali foydalanish holatlari ko‘rib chiqildi. Faoliyati qoniqarsiz deb topilgan bir qator mahallalardagi hokim yordamchilari lavozimidan ozod etildi. 

“Yallama” chegara bojxona postida fuqaro boshqaruvidagi “RENAULT PREMIUM” rusumli yuk avtotransport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Unda yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati qayirib 150 million so‘m bo‘lgan 71 dona alkogol mahsulotlari borligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda. 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan hududlarda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida ekologik nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Joriy yil boshidan buyon Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan viloyat hududida 738 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Ayniqsa, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq holatlar ko‘p uchramoqda. Xususan, Quyi Chirchiq, Bo‘stonliq, Chinoz va Bo‘ka tumanlarida qonunbuzarlarga jarima chorasi ko‘rildi. 

Joriy yil viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” Davlat dasturlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishiga asosan mahalliy byudjet hisobidan viloyat bo‘ylab amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish va ta’mirlash ishlari uchun 358,3 million so‘m ajratildi. Unga ko‘ra, Zangiota, Ohangaron, Parkent va Toshkent tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktablar va tibbiyot muassasalarda qurilish ishlari amalga oshiriladi. 

A.Musayev, O‘zA