Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
20:02 / 2024-02-05

Bojxonachilar hushyorlik qildi

“Yallama” chegara bojxona posti orqali yuk avtotransport vositasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar ko‘zdan kechirildi. O‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 1 milliard 150 million so‘mlik 30 dona simsiz portativ dinamik borligi aniqlandi. 

Hozir holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

“Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumi 

Toshkent viloyat hokimligi hamda Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tashabbusi bilan harbiy qismda 100 nafar yosh uchun “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini tashkil etildi. Unda ishtirokchilar 4 ta yo‘nalish bo‘yicha kasbiy savodxonligini oshirdi. Ular nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Angren shahrida joylashgan Qurilish sohasi mutaxassislarini tayyorlash markazida bo‘ldi. Ishtirokchi yoshlar 10 kun davomida jangovar, ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari va tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha mashg‘ulotlarga jalb qilindi.

Yig‘inning tantanali yopilish marosimida viloyat hokimligi, okrug qo‘mondonligi, Yoshlar ishlari agentligi va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Yoshlarga egallagan mutaxassisligi bo‘yicha sertifikalart topshirildi. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri