Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:51 / 2023-11-21

Toshkent tumanidagi Universal sport-majmuasida sportning Yunon-rum kurashi va erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilmoqda. 24 noyabr kunigacha davom etadigan mazkur musobaqada respublikaning barcha viloyatlaridan yigirma yoshgacha bo‘lgan 450 nafar sportchi qatnashmoqda. Musobaqaning boshlanishida Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining ikki nafar tarbiyalanuvchisi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

***  

Viloyatda ehtiyojmand aholi qatlami “Gepatit A” kasalligiga qarshi bepul emlanadi. Toshkent viloyati hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra, mahalliy byudjet hisobidan viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga 200 million so‘m ajratildi. Mazkur ajratilgan mablag‘lar viloyatda o‘tkir virusli “Gepatit A” kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyatning barqarorligini ta’minlash maqsadida, aholining ehtiyojmand va kam ta’minlangan qatlamini birinchi bosqichda kasallikka qarshi emlash xarajatlari uchun sarflanadi.  

***  

Tovar moddiy boyliklarini noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, qo‘shni davlatdan “Oybek” chegara bojxona posti orqali tranzit o‘tish uchun fuqaro boshqaruvidagi “MAN ERF ECT” rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklangan tovarlar orasidan og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘l yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan 8 dona qopga joylangan 21 turdagi qiymati salkam 38 million so‘mga teng bo‘lgan tovar moddiy boyliklar borligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

***  

Ohangaron tumanida “Kadastrchilar bog‘i” yaratildi. Unda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyat boshqarma xodimlari tomonidan “Ungut” MFY hududidan o‘tuvchi Ohangaron-Angren yo‘nalishining A-373 magistral yo‘l bo‘yida 0,24 gektar yer maydonida maxsus texnikalar yordamida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 2 ming tup turli navdagi ko‘chatlar o‘tkazildi.  

A.Musayev,O‘zA.