Toshkent viloyatining ma’muriy markazi Nurafshon shahrida balandligi 62 metrni tashkil etshkil etgan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bayroqning uzunligi 18 metr, eni 8 metrni tashkil qiladi. Bayroq ustunining qurilishida “Olmaliq kon metallurgiya” aksiyadorlik jamiyati yaqindan yordam berdi.
18 noyabr – Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunda bayroqning qad rostlashi viloyat ahli uchun chinakam tuhfa bo‘ldi.
***
Yuqori Chirchiq tumani markazidagi Mustaqillik maydonida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda tuman hokimi U.Atemov, tuman faollari ishtirok etdi. Bayram dasturida ijodkor yoshlar, turli millat va kasb egalari hamda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijodiy chiqishlar qilindi.

Bu kabi tadbirlar Toshkent viloyatining barcha hududlarida davom etmoqda.
***

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Rossiya Federatsiyasidan kelgan investorlar bilan uchrashdi. Mehmonlarning hududda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini yanada rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga, qoramolchilikni ko‘paytirish, gaz tejamkorligi borasidagi loyihalari, ko‘rib chiqildi, takliflari tinglandi.

***
Keyingi yillarda sport musobaqalarida viloyat yoshlarining faolligi kuzatilmoqda. Jumladan, joriy yilda 3 million 100 mingdan ziyod yoshni bir maqsad atrofida birlashtirgan “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasidagi sport musobaqasi 9 xil sport turini o‘z ichiga qamrab oldi. Unda hudud yoshlari respublika miqyosida 12 ta faxrli o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Bunday musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, sportning ommaviyligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
A.Musayev,
O‘zA muxbiri