Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
12:09 / 2023-11-03

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev “Qatar national cement” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Essa Muhammed Ali Kaladari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyatda yashil energiyani rivojlantirish, chiqindilarni qayta ishlash va bu borada kompaniya bilan hamkorlik aloqalarini olib borish masalalari muhokama qilindi. Viloyat hokimi arab mamlakati kompaniyasi vakillarining taklifini ma’qulladi va kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan ish rejalari ko‘rib chiqildi.

***

Viloyatda 26 mingdan ziyod yer maydoni boshqa toifaga o‘tkazildi. Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi tahlillariga ko‘ra, 2019-2023 yillarda jami 37 ta holatda mavjud yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish hollari aniqlanib, choralar ko‘rildi. Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

***

Yil boshidan viloyatda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bo‘yicha 121 ta soliq tekshiruvi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 14 ming 846 dona 267 million so‘mlik (aksiz markasiz, eski va qalbaki aksiz markali hamda tegishli hujjatlari bo‘lmagan) alkogol mahsulotlari savdosi oldi olindi. Ushbu mahsulotlar belgilangan tartibda vaqtinchalik olib qo‘yildi. Xususan, tekshiruvlarda Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi “Idieal Lux” MCHJda 53 dona qiymati va “Doniy-Pro-Business-707” MCHJda 50 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari aniqlandi.

***

Piskent tumanida 1 yarim ming gektar bog‘ tartibga keltirilib, qator oralariga to‘qsonbosti ekinlari joylashtiriladi. Tuman hokimi Nodirbek Yakubovning qaroriga asosan soha mutaxassislari va mas’ullaridan iborat ishchi guruh mavjud bog‘larni nazorat qilib, tartibga keltirish ishlariga mas’ul bo‘ladi. Joylarda 450 gektar piyoz, 180 gektar sarimsoqpiyoz, 103 gektar sabzi, 18 gektar ko‘katlar, 40 gektar karam, 15 gektar rediska ekish rejalashtirilgan. Buning natijasida bog‘lar va tokzorlardan samarali foydalanib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va eksport hajmini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

A.Musayev,O‘zA muxbiri