English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:22 / 2023-10-24

Zangiota tumanidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali muhofaza mintaqasiga avtotransport vositasining davlat raqamini yashirib, qurilish chiqindilarni tashlab ketgan noma’lum fuqaro kuzatuv kamerasi tasviriga tushib qolgan.

Surishtiruv davomida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Zangiota tumani bo‘limi inspektorlari holatga aniqlik kiritib, huquqbuzar tumanning “Bo‘zsuv” QFYda yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan M.O‘. ekanligi fosh bo‘ldi.  

Soha xodimlari fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borib, holat yuzasidan belgilangan qonun talablari asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. U 1 million 650 ming so‘m jarimaga tortildi.  

***  

Tovar- moddiy boyliklarni noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda. Xususan, viloyat bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti orqali “VOLVO” rusumli yuk avtotransport vositasida yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlaridan birining nomiga olib kelinayotgan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tashkilotning ishonchli vakili hamda xolislar ishtirokida o‘tkazilgan bojxona ko‘rigi davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 90 million so‘mlik 150 dona avtoshina kamerasi borligi aniqlandi. Hozir holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

***  

Turizmni rivojlantirish uchun viloyatga yangi investitsiyalar jalb qilinmoqda. Xususan, joriy yil boshida miqdori 2,1 trillion so‘m bo‘lgan jami 56 ta investitsiya loyihasi, 10 ta turistik firma hamda 178 ta yangi oilaviy mehmon uyi tashkil etish rejalashtirilgandi. Shundan kelib chiqib, sentyabr oyigacha umumiy qiymati 948 milliard 432 million so‘m miqdoridagi jami 47 ta loyiha amalga oshirildi. Natijada 1 ming 320 nafar yangi ish o‘rni yaratildi. Chirchiq, Angren, Nurafshon shaharlari, Bo‘stonliq, Zangiota, Parkent, Bo‘ka, O‘rta Chirchiq, Yangiyo‘l, Ohangaron, Chinoz, Yuqori Chirchiq tumanlarida bu borada salmoqli ishlar qilingan. Mazkur loyihalar doirasida 40 million dollarlik chet el investitsiyalari o‘zlashtirildi.  

Viloyatda turizm infratuzilmasini yaxshilash, mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmatlarni tashkil qilish borasidagi sa’y-harakatlar davom etmoqda.  

A.Musayev,

O‘zA muxbiri