Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:06 / 2023-10-10

Viloyat kadastr boshqarmasida “Oilaning tinch-totuvligi – mehnat samaradorligi garovi” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda xotin-qizlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan so‘z bordi.

Bundan tashqari, ayollarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar, xususan xotin-qizlarning o‘qishi uchun berilayotgan qo‘shimcha kvotalar, magistratura bosqichida ta’lim olayotganlarning shartnoma pullarini to‘lab berilishi, subsidiya va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.  

***  

Viloyat bojxona boshqarmasida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va favqulodda holatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unga boshqarma xodimlari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari hamda boshqarmaga biriktirilgan 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari jalb etildi.  

Ishtirokchilarga zilzila, yong‘in va uning oqibatlari to‘g‘risida nazariy tushunchalar berildi. Tadbirning amaliy qismida esa soha mutaxassislari tomonidan favqulodda holatlar va uning oqibatlarini bartaraf etishda to‘g‘ri harakatlanish, maxsus texnik vositalardan foydalanish tartiblari ko‘rsatib o‘tildi.  

***  

Toshkent davlat agrar universitetiga Xitoyning Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va O‘rmon xo‘jaligi Universitetining vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.  

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida fikr almashildi. Asosiy e’tibor o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar va yosh olimlarning amaliyotini tashkil etish borasidagi takliflarga qaratildi. Mehmonlar agrar universitetining Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, Zootexniya hamda Agrobiologiya fakultetlarining laboratoriyalari bilan tanishdi.  

A.Musayev, O‘zA.