Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
09:40 / 2023-08-11

O‘rta Chirchiq tumanida aholi bilan yaqindan muloqot qilish, ularning muammolarini tinglash va hal etish maqsadida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Unda mingdan ziyod aholining murojaat va muammolari tinglandi. Viloyat sektor rahbarlari, korxona, tashkilot va boshqarma rahbarlari sog‘liqni saqlash, moddiy-ko‘mak, uy-joy va maishiy turmush muammolari, kommunal xo‘jalik, bandlik, tadbirkorlik, kredit olishga doir qator masalalar o‘rganildi. 

*** 

Chirchiq shahrida yana bir qidiruvdagi shaxs YPX inspektori tomonidan ushlandi. Xususan, “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi to‘xtatilib, unga tegishli ma’lumotlar tekshirilganda haydovchi 1974 yilda tug‘ilgan Sh.A. ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi 2-qismida (firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, tergov organlari tomonidan qidiruv e’lon qilingani aniqlandi. Qidiruvdagi shaxs Chirchiq shahar IIBga topshirildi. 

*** 

Endi viloyatda qishloq xo‘jaligida “Agroplatforma” axborot tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda hududdagi mahsulot yetishtiruvchilarning yagona reyestri joriy etilib, har bir yerdan foydalanuvchining elektron pasporti shakllantiriladi. Ularga identifikatsion raqam berilishi, har kalendar yilning 15 martigacha mahsulot yetishtiruvchilarning ma’lumotlari yangilanishi ta’minlanadi. Shuningdek, mahsulot yetishtiruvchilarning kelgusi yil hosili uchun ekinlarni oqilona joylashtirish bo‘yicha takliflari elektron xaritada aks ettirilishi va tasdiqlanishi ham nazoratga olinadi. 

A.Musayev, O‘zA