Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:00 / 2023-07-31

Chirchiq shahridagi “Do‘stlik”, “Kamalak”, A.Temur, “Kimyogar” hamda “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inlarining binolari zamonaviy asosida bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Bu mahallalar yillar davomida o‘z binosiga ega bo‘lmagan. Shu munosabat bilan tashkil etilgan ochilish marosimlarida keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Nuroniylar bu kabi xayrli ishlar uchun minnatdorlik bildirib, duo o‘qildi yurtga omonlik tilandi.  

***  

O‘tgan olti oy mobaynida viloyat bo‘yicha hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari soni 35 431 tani tashkil etdi. Xususan, jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 19 ming 321 ijara shartnomalari asosida 24,5 milliard so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilga nisbatan 10 milliard so‘mga oshgan. Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 16 ming 110 ijara shartnomalari asosida 32,3 milliard so‘m daromad solig‘i hisoblangan.  

***  

Toshkent tumani dehqonlari kuzda 27-30 ming tonnaga yaqin kartoshka hosili olishni reja qilgan. G‘alladan va asosiy ekinlardan bo‘shagan maydonlarga 1200 gektar takroriy ekinlar ekish belgilangan bo‘lib, shulardan 265 gektarini sabzavotlar, 650 gektarini kartoshka va 285 gektarini ozuqa ekinlari tashkil etadi. Shu kunlarda fermer, dehqon xo‘jaliklari tomonidan tuman tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan kartoshkaning 70-90-kunda yetiladigan yuqori hosilli navlari ekilmoqda.  

A.Musayev,O‘zA.