Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:28 / 2023-07-28

Bu yilgi mavsumda fermer tomorqa xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 26 ming 300 gektar maydonlarga kartoshka ekilishi rejalashtirilgan.

O‘rtacha 20 tonnadan jami 540 ming tonna hosil olinishi kutilyapti. Shundan, g‘alladan bo‘shagan takroriy maydonlar jami 15 ming gektarga kartoshka ekilmoqda. Bu yil yurtimiz tuproq-iqlim sharoitida sinash maqsadida Vengriyadan keltirilgan  “Aranu clipke”, “Balatoni Rossa”, “Demon”, “Botant”, “White”, “09-688” navli sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka navlari ekiladi.  

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida, Bo‘stonliq tajriba uchastkasi va “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” qo‘shma korxonasida amalga oshirilmoqda.  

*** 

Shu kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mas’ullari rasmiy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrif davomida OKMK vakillari Mashina va Elektronika tovarlarini import va eksporti bo‘yicha Xitoy savdo palatasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida har ikki tomon o‘rtasida qo‘shma korxonalar ochishda yetakchi kompaniyalarni topish, qo‘shimcha qiymat mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni realizatsiyasi yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.  

A.Musayev, O‘zA