French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
15:45 / 2023-07-28

Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan o‘tgan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4K 713 avtomobil yo‘lining 3-kilometridagi temiryo‘l kesishmasida 1987 yili tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi “HOWO” rusumli yuk avtomobili temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan vaqtda O‘zbekiston Lokomotiv deposiga qarashli “VL60k” rusumli elektrovoz bilan to‘qnashib ketgan.

Fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.  

***  

Tartibsiz hayot kechirish, sog‘lom turmush tarziga rioya qilmaslik, gohida ehtiyotsizlik oqibatida turli kasallikni yuqtirish holatlari aniqlanmoqda. Viloyat IIBB JQB Axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish bo‘linmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tgan 6 oyda OIV infeksiyasi bilan kasallangan 20 jinoiy holat aniqlandi va kasallik tarqalishining oldi olindi. Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 35 yoshli ikki ayol o‘zgalar hayotini xavf ostiga qoldirgani ma’lum bo‘lgan.  

Angren shahrida yashovchi uch nafar ayol va bir nafar erkak ham OIV kasalligi bilan ro‘yxatga olingan. Aniqlangan barcha holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.  

***  

So‘nggi yillarda respublikada yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, hududlarda tarmoqqa oid qonunchilikka rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, noqonuniy qurilmalar qurish, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotgani ko‘ngilni xira qilmoqda. Joriy yilning birinchi yarmida Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan viloyat hududida olib borilgan monitoringlar natijasida jami 859 gektar yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlangan. Oqibatda 889 jismoniy va yuridik shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Birgina o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallash holatlari tahlil qilinganda, bu boradagi salbiy ko‘rsatkich jami 476  holatda 56,3 gektarni tashkil etmoqda.  

Aniqlangan yer qonun buzilish holatlari yuzasidan qo‘llanilgan jarima summalari 7 milliard 498 million so‘mni tashkil etgan.  

A.Musayev, O‘zA