Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:48 / 2023-07-21

-

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining tegishli qaroriga ko‘ra, Piskent tumanidan Olmaliq shahriga o‘tgan “Namuna” mahallasi va boshqa quyidagi mahallalarning chegaralariga o‘zgartirish kiritildi. Ya’ni, “Namuna” mahallasi tarkibidagi “Suyurtepa” (qishlog‘i) hududi (jami 35 ta aholi xonadoni, 1 ta ko‘cha va 124,467 gektar yer maydoni bilan) Olmaliq shahar Muqumiy mahallasi tarkibiga, “Namuna” mahallasi tarkibidagi “Suyurtepa” (qishlog‘i) hududidagi 38.3 gektar aholi yashash punktlarisiz yer maydonlari Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahallasi hududi tarkibiga o‘tkazildi.

***

Angren shahrida joylashgan “Kimyogar” stadionida Toshkent viloyati nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi va Angren shahar ko‘zi ojizlar jamiyati a’zolari o‘rtasida “Yangi nafas” yugurish marafoni o‘tkazildi. Bo‘lib o‘tgan mazkur sport tadbirida 100 dan ziyod ishtirokchilar 1 kilometr 100 metr masofada kuch sinashdi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

***

Giyohvandlik vositalari savdosi va tarqalishiga qarshi kurashish borasida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi. Aniqlanishicha, 22 yoshli shaxs boshqaruvida, Bekobod tumani hududidan poytaxt tomon harakatlanib ketayotgan “Neksiya” avtomashinasi IIB xodimlari tomonidan gumonlanib to‘xtatilgan.

Mazkur avtomashina tekshirilganida uning salonida bo‘lgan sellofan paketda, vazni 1 kilogramm 275 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi hamda tunda ko‘rish uchun mo‘ljallangan uskuna xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

A.Musayev, O‘zA.