Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
17:06 / 2023-07-13

Viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov ganalik investor Kelvin Logo Kvasi bilan uchrashdi. Unda asosiy e’tibor Angren shahar sport maktabiga qarashli “Kimyogar” stadioni va ushbu hududda zamonaviy sport bazasini yangidan barpo etish masalalariga qaratildi.

Yangi loyihaga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2,5 million dollar investitsiya kiritish maqsad qilingan. Tomonlar loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi.  

     ***      

Ma’lumki 1 iyuldan yurtimizda “O‘qituvchi va murabbiylar jamoa oyligi” aksiyasiga start berilgan. 1 avgustgacha davom etadigan davrda maktab o‘qituvchilari va bog‘cha tarbiyachilari profilaktika va chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shuni e’tiborga olib, ilk bor kasallik aniqlangan bo‘lsa, dispanser nazoratiga olinib, individual sog‘lomlashtiriladi.  

Aksiya doirasida ayniqsa, olis va chekka joylarda, chegara hududlarda sayyor tibbiy brigadalar tomonidan o‘qituvchilar salomatligi tiklanadi. Ta’kidlash lozimki, ayni damda viloyatdagi umumta’lim maktablarida 38 ming 96 nafar o‘qituvchi va 12 ming 213 nafar nafar tarbiyachi faoliyat yuritmoqda.  

***

O‘tgan 6 oyi mobaynida viloyat hududida huquqni muhofaza qiluvchi organlar (IIV, prokuratura, sud va boshqa) tomonidan qidiruvga berilgan 402 transport vositalari yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan ushlandi. Tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, transport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi.  

     ***      

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida 99,85 foizli toza molibden metalli olinishiga muvaffaq bo‘lindi. Joriy yilning iyun oyida birlashmaning molibden-volfram ishlab chiqaruvchi pirometallurgiya sexida yangi yuqori haroratli kuydirish pechi foydalanishga topshirilgan edi. Ushbu pechning ishga tushirilishi natijasida birlashmada o‘ta sof holdagi – 99,85 foizli molibden metal olinishiga erishildi.  

Mazkur sexning yillik quvvati 820 tonnani tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvati esa yiliga 450 tonna o‘ta toza 99,85 foizli molibden metal ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulot yupqa nano qatlamlar uchun metall nishonlari tayyorlashda, yarim o‘tkazgich sohasida ishlatiladigan detallar tayyorlashda keng qo‘llaniladi.  

A.Musayev, O‘zA.