Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
19:46 / 2023-07-04

Toshkent tumanida “AGRO IMPEX GOLD” XK qarashli issiqxona tipida Gollandiya texnologiyasi asosida 10 gektar yer maydonida qimmatbaho reza meva-golubika o‘simligi yetishtirilmoqda.

Golubika – bugungi kunda dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Shu tufayli uni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi. Bu mahsulotni Osiyo bozorlari, jumladan, Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya va Vetnamga eksport qilish manfaatli. Shu maqsadda, 2022 yilda mazkur korxona umumiy qiymati 85 ming AQSH dollari miqdorida golubika eksportini amalga oshirgan.  

***

Piskentda uch yarim mingdan ziyod fuqaroga takroriy ekin uchun yer ajratilmoqda. Bunda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ga ro‘yxatga olingan fuqarolar, shuningdek, ish bilan band bo‘lmagan, lekin dehqonchilikka uquvi bo‘lgan odamlarga berildi. Bu yil aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun g‘alladan bo‘shagan maydonlardan 6 ming 950 gektariga takroriy ekin ekish rejalashtirilgan. Shu kungacha 2 ming gektardan ziyod maydonga kartoshka, sabzavot, dukkakli don va boshqa ozuqabop ekinlar ekildi. Ularning 600 gektarga yaqini hozirda tomorqalarga to‘g‘ri kelmoqda.  

***

Viloyatda geografik ob’ektlarni nomlash, qayta nomlash masalalari qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha toponimistlar, tilshunoslar, tarixchilar, o‘lkashunoslar va boshqa sohalar vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, aniqlangan bir qator kamchiliklar yuzasidan Oqqo‘rg‘on tumanida 1 ta xiyobon, 2 ta ziyoratgoh, 3 ta istirohat bog‘i, 1 ta qabristonni nomlash bo‘yicha takliflar o‘rganilganda, barchasi qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lib, faqat 3 ta geografik ob’ektning nomlari o‘zbek tili imlo qoidalari asosida yozilishi kerakligi qayd etildi.  

Shuningdek, Yangiyo‘l tumanidagi 78 ta ob’ektni nomlash bo‘yicha ham o‘rganishlar olib borildi. Xususan, 15 ta ob’ektning nomlari o‘zbek tilida yozish qoidalari asosida normallashtirildi. 36 ta ob’ekt nomi qayta ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Hozirda komissiya tomonidan geografik ob’ektlar nomalarini davlat reyestriga kiritish borasida. tegishli tashkilotlarga hujjatlar taqdim etilmoqda.  

A.Musayev,O‘zA