Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
18:13 / 2023-06-06

Shu kunlarda muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi Toshkent viloyatidagi saylov uchastkalari komissiyalari a’zolari uchun o‘quv-seminarlar davom etmoqda.

Jarayonlar guruhlarga bo‘lingan holda, qizg‘in tarzda tashkil etilgan. E’tiborlisi, malaka oshirishni yakunlagan qatnashchilar bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida test topshirishdi. Xususan, Angren, Olmaliq shaharlari, Ohangaron, Qibray, Parkent va boshqa hududlardagi uchastka saylov komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va kotiblari belgilangan tartibda mazkur jarayonlarga qatnashdi.  

Shuningdek, navbatdagi guruhlar uchun ham o‘quv seminarlari boshlangan. Unda saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va ovoz berishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha nazariy bilimlari hamda amaliy ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Maqsad saylovni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda xalqaro saylov standartlari hamda milliy qonunchilikka asosan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdir.

***  

“Xalqaro velosiped kuni” munosabati bilan Nurafshon shahrida velosport bo‘yicha marafon o‘tkazildi. “Nurafshon siti” ko‘chasidan start olgan velomarafon 6 kilometr masofada tashkil qilindi. Maqsad aholi o‘rtasida sportning ushbu turini yanada ommalashtirish, ularni jismoniy harakatga jalb qilishdan iboratdir. Ushbu velomarafonda 300 dan ortiq havaskorlar ishtirok etdi.  

 

***  

Prezidentimizning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan Ohangaron tumanidagi “Telov” mahallasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha yakuniga yetkazilib, ichimlik suvi chiqarildi. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 3 milliard 860 million so‘m bo‘lib, mahallaga umumiy uzunligi qariyb 12 kilometr bo‘lgan suv quvurlari tortildi. 3  suv qudug‘i kovlanib, 3 suv minorasi hamda 3 transformator o‘rnatildi.  

Quvonchli voqeani telovliklar ko‘tarinki kayfiyat bilan qarshi oldi. Tantanali tadbirda tuman hokimi Abdurasul Abdullayev boshchiligidagi sektor rahbarlari ham qatnashdi.

A.MUSAEV, O‘zA muxbiri