English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
16:23 / 2023-05-30

Noqonuniy olib o‘tilayotgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi. Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, DXX xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizga o‘tish uchun “Youtong BUS” rusumli avtobusda kirib kelgan fuqaro K.A. boshqaruvidagi transport vositasi nazoratdan o‘tkazildi.

Xususan, avtobus salonining old qismidagi sovitkichning tagida, haydovchi tomonidan oldindan yashirilgan og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan hamda deklaratsiyalanmagan sakkiz dona qiymati qariyb 405 million so‘mlik og‘irligi salkam o‘n kilogramm bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.  

Hozirda ushbu holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.  

******

Talabalar ta’tilda ishlash uchun Germaniyaga yuboriladi. Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiali tashabbusi bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetining 68 nafar talabasi bilan bugungi kunda shartnomalar imzolandi. Ular 80 kun muddatga iyun oyining boshida Germaniya davlatiga jo‘nab ketadi. Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlar bilimini oshirish va tanlagan sohalarda xorij tajribasini o‘rganishga ko‘maklashish.  

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya Federativ Respublikasining “NoVo agensi” tashkiloti o‘rtasida 2021 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Germaniya hududida tashkiliy tarzda vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish va yuborish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Ushbu shartnoma asosida joriy etilgan dastur faqat talabalar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, Germaniyada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida “Work and travel” ya’ni, “Ish va sayohat” loyihasi asosida amalga oshirilmoqda.  

 

A.MUSAEV,

O‘zA muxbiri