Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati: qishloq xo‘jaligida 1 ming 200 tadan ziyod ish o‘rni yaratiladi
10:53 / 2022-02-15

Toshkent viloyatida chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, sohaga istiqbolli loyihalarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Soha mutasaddilarining ta’kidlashicha, joriy yilda qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, xususan, chorvachilikni jadal rivojlantirish orqali aholini mahalliy sharoitda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon chorva mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda chorvachilikka ixtisoslashgan korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.  

Jumladan, hududda 18 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan, umumiy qiymati 376.3 milliard so‘m bo‘lgan 93 ta loyihani amalga oshirish choralari ko‘riladi. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ortadi. Bundan tashqari, 12 ming boshga mo‘ljallangan umumiy qiymati 34,8 milliard so‘m bo‘lgan 22 ta qo‘y va echkichilik loyihalari, parrandachilik yo‘nalishida 30 milliard 296 million so‘mlik 544 ming boshga mo‘ljallangan 15 ta loyihani ishga tushiriladi. 

So‘nggi paytlarda quyonchilik xo‘jaliklari ham ommalashmoqda. Shuni e’tiborga olib, joylarda 171 milliard 478 million so‘mlik 38 ming boshga mo‘ljallangan 5 ta loyihani amalga oshirish evaziga quyon go‘shti hamda quyon terisi tayyorlash hajmi ortadi. Shu bilan birga qiymati 114 milliard so‘mlik 15 ta baliqchilik tarmoqlari foydalanishga topshiriladi. Buning evaziga qo‘shimcha 585 tonna baliq mahsuloti yetishtiriladi. Viloyatda mazkur sa’y-harakatlar tufayli 1 ming 200 tadan ziyod ish o‘rni yaratiladi.  

A. Musayev, O‘zA.