Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati: istiqbolli hamkorlik loyihalari
12:50 / 2022-04-15

Nurafshon shahrida Zoyir Mirzayev Tatariston respublikasi prezidenti yordamchisi Gazinur Bakirov bilan uchrashdi.

Do‘stona ruhda o‘tgan muloqot davomida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hududlararo munosabatlarni rivojlantirish doirasida Tatariston Respublikasining Toshkent viloyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari holati va istiqbollari muhokama qilindi.  

Aytish joizki, o‘zaro manfaatli hamkorlik 2018 yil may oyida imzolangan Tatariston Respublikasi hukumati va Toshkent viloyati hokimligi o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy sohalarda xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga asoslanadi. Xususan, mazkur bitim doirasida belgilab olingan ishlarni amalga oshirish maqsadida Toshkent viloyatida Tataristonning “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki tashkil etildi.  

Ta’kidlash lozimki, “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkida Toshkent viloyati hamda Tatariston davlati tadbirkorlari, biznes vakillari tomonidan tashqi bozorda xaridorgir va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, bunda xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish borasida muhim tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Xususan, texnoparkning 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasiga 30 dan ortiq loyihalar taqdim etilib, har ikki davlat o‘rtasida dastlabki kelishuvlarga erishilgan. Muloqotda Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash orqali mahsulot eksporti hajmini oshirish, hududlarda ishlab chiqarishni kengaytirish yuzasidan fikr bildirildi. Tomonlar manfaatli va istiqbolli loyihalarni iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham keng amalga oshirish yuzasidan galdagi vazifalarni kelishib oldi.  


A.Musayev, O‘zA