French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari E.Muhitdinov lavozimidan ozod etildi
17:34 / 2024-10-15

Yig‘ilishda Toshkent viloyatida kambag‘allikni qisqartirish rejalari ko‘rib chiqildi.

Prezident viloyatda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kelasi yili 116 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish bo‘yicha hisob-kitoblarni ma’qullamadi. 

–Bor imkoniyatlar va yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oila qolishini o‘zi uyat,– dedi davlatimiz rahbari. 

Masalan, Toshkent viloyati kichik biznes orqali aholi ishli qilish bo‘yicha respublikada eng oxirgi o‘rinlarda turibdi. Viloyat sanoatining atigi 25 foizi kichik biznesga to‘g‘ri keladi. Yoki, oilalar daromadida kichik biznes ulushi 1,5 foizni tashkil qiladi. 

Viloyatdagi 12 ming vakant o‘rinning 2 mingtasi obodonlashtirish, gul ekish, ko‘cha supirish kabi malaka talab etilmaydigan mehnatga mansub. Lekin, ish izlab yurgan 2 ming aholini bu ishlarga jalb qilish o‘rniga, ularga har yili 4 milliard so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lanmoqda. 

Faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov lavozimidan ozod etildi. 

O‘zA