Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati hokimiga matbuot kotibi tayinlandi
12:28 / 2022-09-23

Qobulov Behzod O‘rmonjonovich Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

B.Qobulov 1984 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, mutaxassisligi jurnalist. Jurnalistika sohasi bo‘yicha magistr akademik darajasiga ega.

2008-2011 yillarda O‘zFA I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti aspiranturasida tahsil olgan. Yuzdan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.

Mehnat faoliyati davomida respublikadagi nufuzli nashrlar, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar «Yoshlar kundaligi» media loyihasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.

 

O‘zA