Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent viloyati bo‘yicha jami 958 ta referendum uchastkalari tashkil etiladi
13:16 / 2023-03-28

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi 10-Toshkent viloyati okrug komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab okrug komissiyasi raisi Ulug‘bek To‘xtayev komissiya a’zolariga guvohnomalarni topshirdi. Kun tartibiga asosan tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Komissiya a’zolariga faoliyatini samarali tashkil etish va referendum bo‘yicha aholi bilimlarini yanada oshirish borasida so‘z yuritildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga asosan okrug komissiyasi majlisiga tuman-shahar hokimlari tomonidan taqdim etilgan referendum uchaskalari bo‘yicha taqdimnomalari muhokamaga qo‘yildi.  

Jarayonda komissiya a’zolari tomonidan hududlardagi mas’ullarga zarur tushuntirishlar berildi. Ma’lumot uchun Toshkent viloyati bo‘yicha jami 958 ta referendum uchastkalari tashkil etiladi. Okrug komissiyasi huzurida matbuot markazi tashkil etilib, a’zolari tasdiqlandi. Shu bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.  

 

A.Musayev,  

O‘zA.