TOSHKENT VILOYATI: aholi turmushini yaxshilash boʻyicha tuman hokimlari faollik koʻrsatmoqda
Tadbirda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari va fermerlari ishtirok etdi.
Chirchiq shahar hokimi, birinchi sektor rahbari S.Yusupov, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimlari, mahalla raislari hamda oʻrinbosarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Mutasaddilar tomonidan joylarda “Yangi uslubdagi ish tizimi”ni tashkil etish boʻyicha aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi. Xususan, uy sharoitida davolanayotgan hamda “temir daftar” roʻyxatiga tushgan fuqarolar holidan muntazam xabar olish, ehtiyoj tugʻilganda ularni kerakli dori-darmon vositalari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash kerakligi belgilab olindi. Shu bilan birga, chet davlatdan qaytgan migrantlarning holidan xabar olish, bandligini taʼminlash, hududdagi xotin-qizlar va yoshlarni kasbga yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yangiyoʻl tumani hokimi U.Yolgʻoshev rahbarligida yaqinlashib kelayotgan paxta mavsumiga tayyorgarlik ishlari boʻyicha “Yangiyoʻl agrokimyo” masʼuliyati cheklangan jamiyatida yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbirda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi xodimlari, qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlari va fermerlari ishtirok etdi.
Dastlab gʻoʻzalarni agrotexnika qoidalari asosida parvarishlash, defolyatsiya ishlarini sifatli oʻtkazish toʻgʻrisida mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Maʼlumotlarga koʻra, hozirga qadar 40 foiz paxta terimida ishtirok etadigan tirkamalar va traktorlar soz holatga keltirilgan. Qolgan tirkama va traktorlarni ham taʼmirlab, markazlashgan xolda yigʻish choralari koʻrilmoqda.
Tuman hokimi paxta yigʻim-terim mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, karantin sharoitida ishsiz aholi qatlamining bandligini taʼminlashni taʼkidladi. Buning uchun vaqtincha ishsiz fuqarolarni yigʻim-terimga jalb qilish orqali ularning moddiy taʼminotini taʼminlash, ixtiyoriy terimchilar roʻyxatini shakllantirish, fermer xoʻjaliklari va terimchilar oʻrtasida mehnat shartnomalarini tuzish boʻyicha topshiriq berildi.
Chinoz tumani hokimi A.Madiyev sektor rahbarlari va korxona-tashkilot boshliqlari mahallalarda boʻlib, fuqarolar bilan muloqot oʻtkazdi.
Karantin talablariga qatʼiy rioya qilingan holda tashkil etilgan yigʻilishlarda mamlakatimiz milliy boyligi boʻlgan paxta yigʻim-terimi mavsumi boshlanish arafasida ekani, terim davomida har bir oila bir oyda 8-10 million soʻmgacha pul topish imkoniyati borligi hamda terimchilarga yaratiladigan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, barcha yumushlarni bajarishda fuqarolar karantin talablariga qatʼiy rioya qilishi tushuntirildi.